Integratsiyalar
Oʻquv markazi uchun integratsiyalar
Kanon oʻquv markazingiz allaqachon ishlatadigan kanallar va qurilmalar bilan ishlaydi. Har bir integratsiya holati ochiq koʻrsatilgan.
Nima uchun integratsiyalar muhim
Oʻquv markazida maʼlumot koʻp kanallardan keladi: Telegram, SMS, telefon qoʻngʻiroqlari, kassa va Excel jadvallari. Agar ular bitta tizimda birlashmasa, xodimlar bir xil ishni bir necha marta bajaradi va xatolar koʻpayadi.
Kanon shu kanallarni bitta joyga yigʻadi. Quyida qaysi integratsiyalar bugun ishlashi va qaysilari faqat soʻrov boʻyicha qilinishi ochiq yozilgan.
Bugun ishlaydi
- IP-telefoniya (ATS) — Oʻquvchi yoki lid kartasidan bir bosishda qoʻngʻiroq — oʻquv markazingiz ATS orqali.
- Telegram bot — Har bir oʻquv markaziga oʻz nomidagi bot: eslatmalar, toʻlovlar, baholar.
- Telegram Mini App — Oʻquvchi ilovasi Telegram ichida va brauzerda ochiladi.
- Eskiz SMS — Oʻquv markazingizning SMS hisobi orqali ota-onalarga xabarlar.
- Oʻqituvchilar check-in — Kelish va ketish telefondan belgilanadi, joylashuv filial manzili bilan tekshiriladi.
- Excel import va eksport — Oʻquvchilar, guruhlar va qarzdorliklarni yuklash, hisobotlarni Excelga olish.
Soʻrov boʻyicha
- Instagram va sayt formalari — Arizalarni avtomatik ravishda lidlarga qoʻshish.
- Ochiq API va webhooklar — Oʻz tizimlaringizni Kanon bilan bogʻlash.
Bu integratsiyalar hali tayyor emas: kerak boʻlsa, demo paytida ayting — muddat va shartlarni alohida kelishamiz.